"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem klub tarixida eng ko‘p gol urgan angliyalik futbolchiga aylandi.
Angliyalik futbolchi La Liga doirasida "Rasing Santander"ga qarshi uchrashuvda gol urib, "Real" safidagi gollari sonini 50 taga yetkazdi.
Shu tariqa, Bellingem Madrid klubida o‘ynagan mashhur hamyurtlarining natijalarini katta farq bilan ortda qoldirdi.
"Real" tarixida eng ko‘p gol urgan angliyaliklar:
Jud Bellingem — 50 ta gol
Devid Bekxem — 20 ta gol
Lori Kanningem — 20 ta gol
Maykl Ouen — 16 ta gol
Stiv Makmanaman — 14 ta gol.