Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Bellingem "Real" rahbariyatiga Alonsodan shikoyat qildi

Bellingem "Real" rahbariyatiga Alonsodan shikoyat qildi

"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem norozi bo‘lmoqda. Inglizga Xabi Alonsoning boshqaruv uslubi yoqmayapti. Bellingem allaqachon Madrid superklubi rahbariyati vakillariga o‘z noroziligini bildirgan. Bu haqda Transfer News Live Onda Cero'ning Radioestadio Noche dasturiga tayanib xabar bermoqda.

Xabi Alonso yoz boshidan buyon "Real"ga ustozlik qilmoqda. Ushbu mutaxassis boshchiligidagi 16 ta uchrashuvda "qaymoqranglilar" 13 ta g‘alaba, bitta durang va ikkita mag‘lubiyat qayd etishgan.

Xabaringiz bor, Jud Bellingem yozda yelkasidagi muammosi tufayli operasiya qilinganidan so‘ng safga qaytgan edi.

"Real" Ispaniya La Ligasida 8 turdan so‘ng peshqadam bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 23:47 06.10.2025. O'qildi: 1233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!