Jud Bellingem klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin yelkasidan operasiya qilinadi.
"Real" va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisini yelkasidagi jarohati 2023 yilning noyabr oyidan buyon bezovta qilib keladi. Jud bandaj bilan o‘ynayapti.
"Madrid"dagilar operasiyani 15 iyundan 13 iyulgacha AQShda bo‘lib o‘tadigan turnirdan keyin o‘tkazishni rejalashtirmoqda. "Real" H guruhida "Al-Hilol," "Pachuka" va "Red Bull Zalsburg" bilan o‘ynaydi.
The Athletic bilan maslahatlashgan mutaxassislar Bellingem taxminan 12 haftani o‘tkazib yuborishi mumkinligiga ishora qilishdi. U La Liga 2025/26 mavsumi boshida bo‘lmasligi kutilmoqda.
Jud bu mavsumda operasiya qilingan Ferlan Mendi, Antonio Ryudiger va Eder Militao foydalangan klinikada operasiya qilinishi rejalashtirilgan.
Joriy mavsumda 21 yoshli ingliz La Liganing 31 o‘yinida 9ta gol va 8ta golli uzatmaga mualliflik qildi.