Kecha Bryusselda Belgiyaning yangi bosh vaziri Bart de Vever qasamyod qildi. Marosim Yevropa poytaxtida bo‘lib o‘tgan YEI yetakchilarining norasmiy sammitiga to‘g‘ri keldi.
Belgiya hukumatiga ilk bor flamand millatchisi, “Yangi Flamand alyansi” partiyasi yetakchisi Bart de Vever boshchilik qilmoqda.
U qirol Filipp huzurida yangi bosh vazir sifatida qasamyod qildi.
Ilgari B. De Vever Flandriyaga muxtoriyat berish tarafdori edi. O‘tgan yilgi parlament saylovlarida uning “Yangi Flamand alyansi” partiyasi g‘alaba qozongan. Ammo Belgiyaning fransuzzabon partiyasi Valloniya ishtirokisiz hukumat tuza olmadi.
Yangi vazirlar mahkamasi bo‘yicha muzokaralar 8 oy davom etdi va besh partiya: Yangi Flamand alyansi, Flamand xristian demokratlari, sosial-demokratlar va fransuz tilida so‘zlashuvchi hamjamiyat partiyalari – markazchi “Reformasiya harakati” va Les Engagés o‘rtasida koalisiya kelishuvi bilan yakunlandi.
Evropa kengashi raisi Antonio Koshta B. De Veverni tabrikladi.