Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Belarusda “vDud” YouTube kanali ekstremistik deb topildi

Belarusda “vDud” YouTube kanali ekstremistik deb topildi

Belarusda “vDud” YouTube kanali ekstremistik deb e’lon qilindi. 27 aprel kuni Vitebsk shahrining Jeleznodorojniy tuman sudi shu haqda qaror chiqargani ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu kanal Belarus Axborot vazirligi reestriga kiritilgan.

Avvalroq, 2022 yil mart oyida Minsk shahri sudi “vDud” kanalidagi ikki videoni ekstremistik deb topgan edi. Ularning biri stendap komik Slava Komissarenko bilan intervyu bo‘lib, u 2020 yildagi norozilik namoyishlari paytida kuch ishlatilganini tanqid qilgan va saylov natijalarini soxtalashtirishda ayblovlar aytgan.

2024 yilda Minsk sudi Komissarenkoni sirtdan olti yilga ozodlikdan mahrum etgan, shuningdek u ekstremistlar ro‘yxatiga kiritilgan. 2025 yil aprel oyida esa u Rossiya fuqaroligidan mahrum qilingan.

“vDud” kanali jurnalist Yuriy Dudga tegishli. U Rossiyada “xorijiy agent” deb topilgan. 2025 yilda Rossiya Tergov qo‘mitasi unga qarshi jinoiy ish ochgan, keyinchalik Moskva sudi uni sirtdan 1 yil 10 oyga qamoq jazosiga hukm qilgan.

2026 yil aprel oyida Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin jurnalistning Rossiya ko‘ngillilar korpusi rahbari bilan intervyusi bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazishni buyurgan.

Kiritildi: Bugun 20:34. O'qildi: 175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!