Seshanba kuni Belarusda mamlakat prezidenti saylovi uchun muddatidan oldin ovoz berish boshlandi. Belarusliklar 21-25 yanvar kunlari muddatidan oldin ovoz berishlari mumkin.
Muddatidan oldin ovoz berish kunlari saylov uchastkalari soat 12:00 dan 19:00 gacha tanaffussiz ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakat Markaziy saylov komissiyasi Belarus prezidenti lavozimiga saylovda ishtirok etish uchun besh nafar nomzodni ro‘yxatga oldi. Ular orasida mamlakatning amaldagi prezidenti Aleksandr Lukashenko, Liberal-demokratik partiyasi raisi Oleg Gaydukevich, Respublika mehnat va adolat partiyasi raisi Aleksandr Xijnyak, yakka tartibdagi tadbirkor Anna Kanopaskaya va partiya Markaziy qo‘mitasining birinchi kotibi Sergey Sirankov bor.
Mamlakatda prezidentlik saylovining asosiy kuni 26 yanvarga belgilangan. 26 yanvar, yakshanba kuni saylov kuni ovoz berish ertalab soat 8:00 dan 20:00 gacha bo‘lib o‘tadi.