Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Bekxem risar unvonini qo‘lga kiritadi

Bekxem risar unvonini qo‘lga kiritadi

The Sun nashrining yozishicha, angliyalik sobiq futbolchi risar-bakalavr unvoniga sazovor bo‘ladi va ser deb chaqiriladi, uning rafiqasi Viktoriya esa Ledi Bekxem deb chaqirila boshlaydi.

Mukofotning rasmiy e’lon qilinishi shu oy oxirida bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha, siyosatchilar va sportchilar bir necha yillardan beri sobiq futbolchiga risar unvonini berishni talab qilib kelishgan.

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi xayriya ishlariga ham katta hissa qo‘shgan va Charlz III jamg‘armasi bilan hamkorlik qiladi. O‘tgan yili qirol uni rasman xayriya elchisi etib tayinlagan edi.

Kiritildi: 14:31 06.06.2025. O'qildi: 385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!