Bugun 10 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Behzod Musayev «Vatandoshlar» jamoat fondi raisi etib tayinlandi

Behzod Musayev «Vatandoshlar» jamoat fondi raisi etib tayinlandi

Migrasiya agentligining sobiq direktori Behzod Musayev «Vatandoshlar» jamoat fondi boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bu haqda fondning rasmiy saytidagi ma’lumotlardan oydinlashmoqda.

Jumladan, fond saytining «Rahbariyat» bo‘limida Behzod Anvarovich Musayev boshqaruv raisi sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, 2021 yil sentyabrdan beri fondga rahbarlik qilgan Odiljon Sattorov endi boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida qayd etilgan.

«Vatandoshlar» jamoat fondi 2021 yilda tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadi sifatida xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni tarixiy Vatan atrofida yanada jipslashtirish, vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalarini qo‘llab-quvvatlash, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlar salohiyatini mamlakat taraqqiyotiga samarali yo‘naltirish ekani ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Behzod Musayev 2026 yil 3 sentyabr kuni prezident qaroriga ko‘ra, boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Migrasiya agentligi direktori lavozimidan ozod etilgandi. U 2024 yil sentyabridn beri shu lavozimda ishladi. Bungacha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri sifatida faoliyat yuritgan.

Kiritildi: 23:33 09.10.2026. O'qildi: 576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!