Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

BBC: Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Polsha yetakchilari 10 may kuni Kiyevga tashrif buyuradi

BBC: Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Polsha yetakchilari 10 may kuni Kiyevga tashrif buyuradi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainaning Yevropadagi to‘rt yirik ittifoqdosh mamlakatlari yetakchilari — Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron, Germaniya kansleri Fridrix Mers, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Polsha Bosh vaziri Donald Tusk 10 mayda Kiyevga tashrif buyurishadi. Ular Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazish va Rossiyani 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirishni rejalashtirmoqda.

Tashrif e’lon qilingan paytda Makron to‘rt yetakchining birgalikdagi fotosuratini e’lon qilib, unga fransuz, ingliz, nemis va polyak tillarida "Biz Kiyev yo‘lidamiz. Ukraina uchun, Yevropa uchun" degan izoh qoldirdi.

AFP agentligi qayd etishicha, yevropalik to‘rt yetakchining bir vaqtda Ukrainaga tashrifi misli ko‘rilmagan holatdir. Tashrif arafasida Yevropa davlatlari yetakchilari Moskvani "to‘liq va so‘zsiz 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish"ga chaqirdi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiy bilan suhbatdan so‘ng Qo‘shma Shtatlar Rossiyadan 30 kunlik sulhga rozi bo‘lishni talab qilmoqchi ekanini bildirgan edi.

Reuters agentligining diplomatik manbaga tayanib xabar berishicha, AQSh va uning Yevropadagi ittifoqchilari Rossiyaga 30 kunlik sulh taklifini tayyorlamoqda. Agar Moskva taklifni rad etsa, unga nisbatan Yevropa Ittifoqi va AQSh tomonidan yangi sanksiyalar kiritilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 09:41 10.05.2025. O'qildi: 241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!