Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Bayram kunlarida Samarqandga 261,4 mingga yaqin sayyoh keldi

Bayram kunlarida Samarqandga 261,4 mingga yaqin sayyoh keldi

Navro‘z bayrami va dam olish (20-23 mart) kunlarida Samarqandga 240 ming 670 nafar mahalliy va 20 ming 724 nafar xorijlik sayyoh keldi.

Bu haqda ma’lum qilgan viloyat turizm boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, sayyohlar oqimini oshirish maqsadida ushbu kunlarda viloyatdagi tarixiy-madaniy yodgorliklar, mehmonxonalar, oshxonalar va boshqa turistik ob’ektlarda 10 foizdan 30 foizgacha chegirmalar berilgan. Shuningdek, 20 mart kuni Samarqand shahrida Navro‘z bayrami tantanalari, gastronomik festival va boshqa madaniy tadbirlar o‘tkazilishi haqida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda e’lonlar berilishi ortidan sayyohlar soni ko‘paygan.

Bu boradagi ishlarni davom ettirgan holda bugundan viloyatda “Yoshlar turizm haftaligi” boshlandi. Mazkur tadbir doirasida viloyatning barcha tuman va shaharlaridan, oliy ta’lim muassasalaridan yoshlarning Samarqand shahriga sayyohatlari tashkil etilmoqda.

28 mart kuni esa Registon maydonida “Ichki turizm yarmarkasi” o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yarmarkada ichki turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan turizm sohasi vakillari ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashishi, hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishuvlarga erishishi kutilmoqda.

Kiritildi: 16:43 24.03.2025. O'qildi: 456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!