Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Bayer" dahshatli kambekni amalga oshirdi

"Bayer" dahshatli kambekni amalga oshirdi

Germaniya chempionatining 2024/2025 yilgi mavsumi 26-turidan o‘rin olgan “Shtutgart” va “Bayer” uchrashuvi yakunlandi. Jamoalar Germaniyaning Shtutgart shahridagi “Shtutgart Arena” stadionida o‘zaro bahs olib borishdi. Uchrashuv 4:3 hisobida "Bayer" foydasiga hal bo‘ldi

Mezbonlar 15-daqiqada hujumchi Ermedin Demirovichning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. 48-daqiqada “Shtutgart” hujumchisi Nik Voltemad jamoasining ikkinchi golini kiritdi. 56-daqiqada “Bayer” futbolchisi Jeremi Frimpong hisobni qisqartirdi. 62-daqiqada mehmonlarning himoyachi yarim himoyachisi Granit Jaka o‘z darvozasini ishg‘ol qildi. 68-daqiqada “Bayer” himoyachisi Pyero Inkapye yana jamoasini hisobda olodinga olib chiqdi. 88-daqiqada “Shtutgart” yarim himoyachisi Anjelo Shtiller avtogol muallifiga aylandi. 90+4-daqiqada “Bayer” hujumchisi Patrik Shik jamoasiga g‘alaba keltirdi.

"Bayer" Bundesligada 56 ochko bilan ikkinchi o‘rinda, "Bavariya"dan 6 ochko ortda qolmoqda. “Shtutgart” 26 o‘yindan so‘ng 37 ochkoga ega va 10-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 01:32 17.03.2025. O'qildi: 1792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!