Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bayden Zelenskiyni injiq va minnatdorchilikni yetarlicha bilmaydigan shaxs deb atadi

Bayden Zelenskiyni injiq va minnatdorchilikni yetarlicha bilmaydigan shaxs deb atadi

AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden Kiyev rejimi rahbari Vladimir Zelenskiyni injiq va o‘zi kutgan darajada minnatdorchilik bildirmaydigan shaxs deb atadi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri memuarlarga tayanib xabar berdi.

«Shaxsiy suhbatlarimizda (Zelenskiy) injiq va qaysar bo‘lishi, shuningdek, men kutgan darajada minnatdorchilik bildirmasligi mumkin edi», — deb yozgan Bayden.

«Menga va’da ber, Amerika» (Promise Me, America) deb nomlangan kitob 17 noyabr kuni nashr etiladi.

Avvalroq Donald Trampning birinchi prezidentlik davrida Oq uy apparati rahbari bo‘lgan Syuzi Uaylz Zelenskiy va uning atrofidagilar o‘z xatti-harakatlari bilan 2025 yil fevral oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi janjalga o‘zlari sabab bo‘lganini ta’kidlagan edi.

Kiritildi: Bugun 17:50. O'qildi: 459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik