Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Bayden Rossiyani izolyasiya qilishga urinishda ayblandi

Bayden Rossiyani izolyasiya qilishga urinishda ayblandi

AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden Moskvaga nisbatan strategik mag‘lubiyat yetkazish va uni izolyasiya qilishga uringan, deb bayonot berdi Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasi (RDIF) rahbari hamda Rossiya prezidentining xorijiy davlatlar bilan sarmoya va iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Kirill Dmitriyev. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Jurnalist Lara Logan bilan suhbat chog‘ida Dmitriyev ta’kidlashicha, Oq uyning sobiq rahbari bu urinishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Suhbat davomida u Bayden ma’muriyatining Rossiyani xalqaro maydonda yakkalash siyosati amalga oshmaganini qayd etdi. Dmitriyevning fikricha, bu siyosat nafaqat Rossiyaga, balki global iqtisodiy tizimga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Kiritildi: Bugun 14:36. O'qildi: 567 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!