Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Baxtiyor Saidov AQSh davlat kotibi va prezident maslahatchisi bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov AQSh davlat kotibi va prezident maslahatchisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vashingtonda AQSh davlat kotibi Marko Rubio va prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Uolts bilan uchrashuv o‘tkazdi.

«Siyosiy muloqotni mustahkamlash, iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy aloqalarni rivojlantirish, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha umumiy qarashlarimizni chuqurlashtirish kabi muhim yo‘nalishlar kun tartibimizdan o‘rin oldi», — deb yozdi Saidov Rubio bilan uchrashuv haqida.

Vazir AQShning O‘zbekistondagi islohotlar jarayonlarini qo‘llab-quvvatlayotganini yuqori baholadi.

Saidov, shuningdek, Maykl Uolts bilan o‘tkazgan muloqotini «ochiq va samarali» deb atadi.

Baxtiyor Saidov AQSh davlat kotibi va prezident maslahatchisi bilan uchrashdi

«Uchrashuvimiz davomida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirishga sodiqligimizni tasdiqlagan holda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildik», — dedi O‘zbekiston vaziri.

Kun tartibi xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, iqtisodiy taraqqiyot, mintaqaviy bog‘liqlik va Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishni rag‘batlantirish masalalariga qaratildi.

«AQSh prezidenti tomonidan O‘zbekistondagi islohotlar dasturi va mintaqada tinchlik hamda farovonlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarimizning doimiy qo‘llab-quvvatlanishini yuksak qadrlaymiz», — deya ta’kidladi tashqi ishlar vaziri.

Kiritildi: 12:14 10.04.2025. O'qildi: 758 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!