Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

«Bavariya» Keynni 2026 yilning yozida APLga qo‘yib yuborishi mumkin

«Bavariya» Keynni 2026 yilning yozida APLga qo‘yib yuborishi mumkin

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Angliya Premyer-ligasiga qaytishni istasa, klub uning bu xohishiga to‘sqinlik qilmaydi. Bu haqda GOAL nashri xabar tarqatdi.

Garchi u "Bavariya" uchun muhim futbolchi bo‘lsa-da, Keyning Angliyaga qaytishi haqida mish-mishlar bir necha bor tarqalgan. Nemis grandi 31 yoshli futbolchidan ayrilishni istamasa-da, Chempionlar ligasida "Inter"ga qarshi o‘yindan so‘ng uning kelajagi borasida muhokamalar boshlangan.

Ma’lum qilinishicha, Keynning shartnomasida bir yildan keyin klubni tark etish imkonini beradigan band mavjud. "Bavariya" bu holatga hurmat belgisi sifatida to‘siq qo‘ymasligi aytilmoqda. Klub Keyning o‘yin darajasini yuqori baholaydi, ammo unda ma’lum bir "uchqun" yetishmayotganini ham ta’kidlamoqda.

Avvalroq Keyn 2026 yil yozda Angliyaga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Germaniya chempionatining joriy mavsumida 31 yoshli Xarri Keyn 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Keyn "Bavariya"ga 2023 yilda Angliyaning "Tottenxem" jamoasidan o‘tgan edi.

Kiritildi: 09:31 25.04.2025. O'qildi: 674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!