El País va Betevé nashrlariga ko‘ra, shahar markazidagi tartibsizliklar ijtimoiy tarmoqlardagi chaqiriqlardan so‘ng boshlangan va tun bo‘yi davom etgan. Hodisalar sababi hozircha ma’lum emas.
Tartibsizliklar vaqtida chiqindi qutilariga o‘t qo‘yilgan, ko‘cha jihozlari shikastlangan va do‘konlar talon-toroj qilingan. Qo‘lga olinganlarning qariyb to‘rtdan bir qismi voyaga yetmaganlar.
Kataloniya rahbari Salvador Ilya va Barselona meri Jaume Kolboni zo‘ravonlikni qoralab, bunday harakatlar javobgarlikka sabab bo‘lishini ta’kidladi.