Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Barselona" yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

"Barselona" yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

La Liga 8-turida "Sevilya" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qilib, 4:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.

Mezbonlar safida Aleksis Sanches, Ayzek Romero, Xose-Anxel Karmona va Akor Adams gol urdi. Kataloniyaliklar safida Markus Reshford o‘zini ko‘rsatdi.

Hisob 2:1 vaqtida Robert Levandovski 76-daqiqada penaltidan foydalana olmadi.

"Sevilya" 13 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarildi. "Barselona" 19 ochko bilan 2-o‘ringa tushib qoldi.

La Liga, 8-tur
04.10.2025, yakshanba, 19:15
Sevilya - Barselona - 4:1

Gollar: Sanches, 13 - penaltidan (1:0). Romero, 36 (2:0). Reshford, 45 (2:1). Adams, 90 (3:1). Karmona, 90 (4:1)

Foydalanilmagan penalti: Levandovski, 76’

Sevilya: Vlaxodimos, Suaso, Markan, Aspilikueta, Karmona, Sou (Gudel, 61), Agume, Mendi (Peke Fernandes, 73), Vargas (Yanuzay, 73), Romero (Adams, 61), Sanches (Edjuke, 90)

Barselona: Shesni, Martin (Balde, 46), Kubarsi, Arauxo (Garsiya, 46), Kunde, de Yong (Kristensen, 88), Pedri, Torres (Bardji, 69), Olmo, Reshford, Levandovski

Ogohlantirishlar: Markan, 20. Romero, 50. Yanuzay, 74. Agume, 81. Peke Fernandes, 90 - Martin, 16. Torres, 21. de Yong, 38. Reshford, 84

Kiritildi: 21:35 05.10.2025. O'qildi: 1042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!