"Barselona" yarim himoyachisi Gavi "ko‘k-anorranglilar"ning "Real" bilan prinsipial raqobati haqida fikr bildirdi.
Ispaniya chempionatining o‘tgan mavsumida kataloniyaliklar "qaymoqranglilar"ni 4 ochkoga ortda qoldirib, La Liga oltin medallarini qo‘lga kiritgandi.
"Ular xavotirda. Ular bilan kechgan to‘rtta o‘yindan to‘rttasida g‘alaba qozondik - bunaqasi ilgari hech qachon bo‘lmagan. O‘tgan mavsumda biz ajoyib o‘ynadik, ular esa hech narsa yutishmadi," - dedi xavbek.
Ispaniyalikning so‘zlariga ko‘ra, "Real" mavsumlar oralig‘ida yaxshi futbolchilarni qo‘lga kiritgan, shuning uchun o‘tgan yilgidan yaxshiroq o‘ynashi kerak.