Bugun 29 may, 2026 yil, juma

КИР

"Barselona" yaqin soatlarda shov-shuvli transfer haqida e’lon qiladi

"Barselona" yaqin soatlarda shov-shuvli transfer haqida e’lon qiladi

Kataloniyaning «Barselona» klubi «Nyukasl» vingeri Entoni Gordonni o‘z safiga qo‘shib olish arafasida. Tomonlar allaqachon transfer bo‘yicha kelishuvga erishgan, 25 yoshli futbolchi esa payshanba kuni tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Jurnalist Gabriel Sansning ma’lum qilishicha, «ko‘k-anorranglilar» ushbu transferni bugun, juma kuni rasman e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Gordon jamoaning yangi a’zosi sifatida tanishtirilishi va kontrakt imzolanganidan so‘ng ilk intervyusini berishi kutilmoqda. Mazkur kelishuv «Barselona»ga taxminan 80 million yevroga tushadi.

Ta’kidlash joizki, Entoni Gordonga «Bavariya» va «Liverpul» klublari ham jiddiy qiziqish bildirgan edi, biroq yakunda futbolchi Ispaniya grandini tanladi.

Kiritildi: Bugun 11:56. O'qildi: 495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!