Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

"Barselona" tarixidagi eng zo‘r futbolchilar reytingi e’lon qilindi

"Barselona" tarixidagi eng zo‘r futbolchilar reytingi e’lon qilindi

Four Four Two sahifalarida "Barselona" tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi e’lon qilindi.

Sakkiz marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan Lionel Messi birinchi o‘rinda turishi kutilgandi. 2021 yilda Messi Kataloniya klubini tark etdi - moliyaviy muammolar tufayli futbolchiga yangi shartnoma taklif qilinmadi. Xavi ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Andres Inyesta kuchli uchlikni yakunladi.

Kuchli o‘ntalikka birin-ketin Yoxan Kroyff, Ronaldinyo, Diyego Maradona, Samuel Eto’O, Ronald Kuman, Sezar Rodriges va Mikael Laudrup kirdi. Serxio Buskets 11-o‘rinda, Ronaldo 13-o‘rinda, Xosep Gvardiola 19-o‘rinda, Lamin Yamal esa 41-o‘rinda.

Kiritildi: 23:02 24.07.2025. O'qildi: 825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!