Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Barselona" Superligadan voz kechmoqchi

"Barselona" Superligadan voz kechmoqchi

"Barselona" Yevropa Superligasi loyihasini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortishi mumkin. Turnirni tashkil etish g‘oyasi bir necha yildan beri mavjud, ammo uni amalga oshirishga erishilmagan. "Barselona" va Madridning "Real" klublari Yevropa futbolidagi islohotlarni eng faol qo‘llab-quvvatlagan edi, ammo endi Kataloniya grandi loyihadan voz kechishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Esports RAC1. Manba buni so‘nggi vaqtlarda "Barsa"ning UEFA bilan munosabatlari ancha yaxshilangani bilan izohlamoqda.

Chorshanba kuni "ko‘k-anorranglilar" Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turida "PSJ"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (1:2). Yakshanba kuni Xans-Diter Flik jamoasi La Ligada "Sevilya"ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 09:21 03.10.2025. O'qildi: 798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!