Bugun 23 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

"Barselona" "Real"ga qarshi: "El Klasiko" sanasi va vaqti e’lon qilindi

"Barselona" "Real"ga qarshi: "El Klasiko" sanasi va vaqti e’lon qilindi

La Liganing ikkinchi davrasidan o‘rin olgan «Barselona» va «Real» o‘rtasidagi uchrashuv may oyida bo‘lib o‘tadi. Ispan futboli grandlari aynan qaysi kuni va soat nechada maydonga tushishi ma’lum bo‘ldi.

«Barselona» va «Real» jamoalari yakshanba kuni, 10 may sanasida o‘zaro to‘qnash kelishadi. Uchrashuvning boshlanish hushtagi Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da (shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi) yangraydi.

Ushbu «El-Klasiko» Ispaniya chempionatining 35-turi doirasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yin chempionlik taqdirini hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Hozirda «Barselona» La Ligada 73 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Real» esa 69 ochko bilan ikkinchi.

Kiritildi: Bugun 17:11. O'qildi: 417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!