«Barselona» prezidenti Joan Laporta La Liga rahbari Xavyer Tebasni Madridning «Real» klubi bilan yuzaga kelgan nizoda qo‘llab-quvvatladi. Uning fikricha, «qirollik klubi» Ispaniya futbolidagi barcha tuzilmalardan norozi.
«Biz uchun hozir eng muhimi — murabbiyimiz ham ta’kidlaganidek, «Betis»ga qarshi o‘yin. Bu yaxshi formada bo‘lgan kuchli jamoa. Hozir La Ligada «Barselona» bilan bir qatorda eng yaxshi futbol namoyish etayotgan klublardan biri», — dedi Laporta.
«El-klasiko» haqida gapirish uchun hali vaqt bo‘ladi. Ammo shuni aytmoqchimanki, La Liga prezidenti lavozimida Xavyer Tebas kabi inson borligidan baxtimiz bor. U bunday masalalarni hal qilish uchun zarur tajribaga ega. Shuningdek, «Real»ning La Ligaga qarshi uyushtirilayotgan hujumlariga munosib javob qaytarish borasida ham yaxshi hissiyotga ega.
Ular hamma narsani yo‘q qilishni istashayotgandek ko‘rinadi: La Ligani, Hakamlar texnik qo‘mitasini (CTA). Ispaniya futbol federasiyasidan (RFEF) ham norozi. Ularga hech narsa yoqmaydi», — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» 25 oktyabr kuni Ispaniya chempionatining 10-turi doirasida «Real»ni qabul qiladi.