Bugun 7 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

«Barselona» prezidenti La Ligaga keskin murojaat qildi

«Barselona» prezidenti La Ligaga keskin murojaat qildi

«Barselona» klubi prezidenti Joan Laporta jamoa futbolchilari Dani Olmo va Pau Viktorning La Ligada ro‘yxatdan o‘tkazilmayotganiga munosabat bildirdi.

«Biz hali La Ligaga javob qaytaramiz. Ular bizning manfaatlarimizga hujum qilishdi.

Oldin bu transferlarni ma’qullagan tashkilot nimaga birdan qarorini o‘zgartirib qolgani qiziq. Demak, La Liga dastlab xato qilgan bo‘lib chiqishi kerak.

Bugun o‘ta muhim uchrashuvda maydonga tushishimiz kerak. Qaror esa ayni shu kuni ertalab e’lon qilinmoqda. Maydonda yengishning iloji bo‘lmayapti va endi bizga uning tashqarisida ham hujum boshlashmoqda.

Menga ishoning, Tebas (La Liga prezidenti) va uning tashkilotiga beradigan javobim kuchli bo‘ladi. Klub prezidenti sifatida men bunga shunchaki jim qarab tura olmayman», – dedi «Barselona» prezidenti Laporta.

Avvalroq «Barselona» moliyaviy feyr-pley qoidalariga to‘g‘ri kelmasligi sabab Dani Olmo va Pau Viktorni La Ligada ro‘yxatdan o‘tkaza olmasligi ma’lum qilingandi.

Kiritildi: 22:40 02.04.2025. O'qildi: 800 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!