La Liga 27-turi doirasidagi «Barselona» – «Osasuna» o‘yini qoldirildi.
Kataloniya klubi tibbiy bo‘limi xodimi, jamoa shifokorlaridan biri Karles Minyarro Garsiyaning uchrashuv oldidan vafot etgani sababli bahs o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Klub xabarni rasman tasdiqladi.
Cadena SER xabariga ko‘ra, futbolchilar o‘yinni ko‘chirishni o‘zlari so‘ragan. Shifokor uchrashuv oldidan jamoa bilan bitta mehmonxonada bo‘lgan. O‘lim sabablari hozircha ma’lum emas.
40 yoshli Karles Minyarro 2017 yildan buyon klub tizimida ishlab kelayotgandi. J mavsumda u futzal jamoasidan futbol jamoasiga o‘tkazilgan edi.