Madridning “Atletiko” klubi sport direktori Mateu Alemani “Barselona” yarim himoyachisi Mark Bernal agentlari bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Diario AS xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, ayni paytda “matraschilar” jamoa tarkibini katta salohiyatga ega yosh futbolchilar bilan mustahkamlash rejasini amalga oshirishga kirishgan.
Madrid klubida 18 yoshli Bernal yuqori baholanmoqda.
Joriy mavsumda Bernal barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 28 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.
Yarim himoyachining “Barselona” bilan shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, ispaniyalik futbolchining qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.