"Barselona" hamon transferlar uchun katta miqdorda qarzdor. Transfer News Live xabariga ko‘ra, Kataloniya klubining bitimlar bo‘yicha qarzlari 138 million funt (158,88 million yevro) atrofida. Klub hali quyidagilar uchun to‘liq hisob-kitob qilmagan:
- Rafinya - "Lids" oldidagi qarzdorlik taxminan 42 million yevroni tashkil etadi;
- Jyul Kunde - "Sevilya" oldidagi qarzdorlik taxminan 25,3 million yevroni tashkil etadi;
- Dani Olmo - "RB Leypsig" oldidagi qarzdorlik taxminan 17,8 million yevroni tashkil etadi;
- Ferran Torres - "Manchester Siti" oldidagi qarzdorlik taxminan 13,82 million yevroni tashkil etadi;
- Robert Levandovski - "Bavariya" oldidagi qarzdorlik taxminan 9,8 million yevroni tashkil etadi.
Bu ro‘yxatning hammasi emas.