Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

"Barselona"ni sudga berishdi

"Barselona"ni sudga berishdi

"Barselona" Jyul Kunde transferi tufayli sudga berildi.

Himoyachi 2022 yilda "Sevilya"dan Kataloniya klubiga o‘tgandi. Bitimda vositachi sifatida Isaak Lopes ishtirok etdi.

Bugun agent transfer uchun o‘ziga tegishli bo‘lgan 3 mln yevro miqdoridagi komissiyani to‘lab berishni so‘rab, sudga murojaat qilgan. Agentning ta’kidlashicha, komissiya shartnomada ko‘rsatilgan, ammo u uni olmagan. Lopes sudga ko‘rsatilgan xizmatning isbotini taqdim etdi.

Qayd etilishicha, agentga vositachilik qilish iltimosi bilan "Barselona" prezidenti Joan Laporta murojaat qilgan.

Kiritildi: 23:01 12.02.2025. O'qildi: 847 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!