"Barselona" rahbariyati markaziy himoyani kuchaytirish uchun asosiy nomzodni aniqlab oldi. Kataloniyaliklar "Manchester Siti" futbolchisi Yoshko Gvardiolni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
El Nacional nashrining xabar berishicha, 24 yoshli xorvatiyalik himoyachi "Barselona"ning ushbu pozisiya bo‘yicha ustuvor transfer maqsadiga aylangan.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "Manchester Siti" moliyaviy qoidabuzarliklar sabab jiddiy sanksiyalarga duch kelsa, Gvardiolning transferi amalga oshishi uchun imkoniyat paydo bo‘lishi mumkin.
Biroq futbolchining yanvar oyida jamoasini o‘zgartirishi istisno qilinmoqda.
Gvardiolga faqat "Barselona" emas, balki Yevropaning boshqa yirik klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Xususan, "PSJ", "Liverpul", "Bavariya" va "Chelsi" xorvatiyalik himoyachining xizmatlariga qiziqmoqda. Shuningdek, Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubi ham da’vogarlar qatorida tilga olingan.
Yoshko Gvardiol joriy mavsumda "Manchester Siti" safida barcha musobaqalar doirasida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.