Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

«Barselona» La Liganing qariyb 100 yillik tarixidagi ikkinchi natijani qayd etdi

«Barselona» La Liganing qariyb 100 yillik tarixidagi ikkinchi natijani qayd etdi

«Barselona» Ispaniya La Ligasidagi dastlabki 12 turda 48 ta gol urib, musobaqa tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natijani qayd etdi.

Xans-Diter Flik shogirdlari chempionatning 12-turida «Atletiko»ni safarda 2:1 hisobida mag‘lub etib, hujumdagi yuqori samaradorligini yana bir bor namoyish etdi.

Kataloniyaliklar joriy mavsum chempionatda har bir uchrashuvda o‘rtacha to‘rttadan gol urmoqda.

Statistika bo‘yicha mutaxassis Pedro Martinning ma’lum qilishicha, La Liga tarixida faqat bir jamoa dastlabki 12 turda bundan ko‘proq gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Rekord «Atletik» klubiga tegishli. Bilbaoliklar 1930/31 yilgi mavsumning ilk 12 ta uchrashuvida raqiblar darvozasini 56 marta ishg‘ol qilgan.

Ayni paytda «Barselona» 33 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Kataloniyaliklar eng yaqin ta’qibchisidan uch ochko oldinda bormoqda.

Kiritildi: 14:19 09.11.2026. O'qildi: 620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik