Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

"Barselona" La Ligadan haydalishi mumkin

"Barselona" La Ligadan haydalishi mumkin

La Liga rahbariyati Xalqaro futbol federasiyasiga (FIFA) «Barselona» ustidan shikoyat yuborishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda AS.

Shikoyat kataloniyaliklar tomonidan sud qo‘mitasi sobiq vise-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreiraga to‘lovlar bo‘yicha ish bilan bog‘liq. La Liga yaqin orada materiallarni FIFAga topshiradi. Agar ayb isbotlansa, «Barselona»dan ochkolar olib qo‘yilishi yoki jamoa quyi ligaga tushirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kataloniya klubi Ispaniya futbol federaciyasi hakamlar texnik qo‘mitasi sobiq vise-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreiraga to‘lagan pullari bo‘yicha tekshiruv o‘tkazgani haqida ma’lumot berilgan edi.

Syudad Kondal prokuraturasi tekshiruv o‘tkazib, kataloniyaliklar Negreiraga tegishli kompaniyaga jami 1,4 million yevro to‘laganini aniqladi. 2016 yilda o‘tkazma summasi 532 ming yevro, 2017 yilda 541 ming yevro, 2018 yilda esa 318 ming yevroni tashkil qilgan.

Kiritildi: 10:00 24.03.2023. O'qildi: 4153 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!