«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal Ispaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan «el-klasiko» arafasida jamoasi «Real Madrid»ni yirik hisobda mag‘lub etishi ehtimolini inkor etmadi. Uchrashuv 26 oktyabr, yakshanba kuni Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tadi.
— Qaysi jamoaga gol urganing seni ko‘proq xursand qiladi — “Real”ga yoki “Porsinos”ga (Ispaniya medialigasi jamoasi)?
— Men “Real” darvozasiga bir necha bor gol urganman.
— Yakshanba kuni “Bernabeu”da ham gol urasanmi?
— So‘nggi safar u yerda 4:0 hisobida yutgandik.
— Demak, sen bu safar ham 4:0 bo‘ladi deb o‘ylayapsan?
— Men bunday demadim, lekin bu mumkin, — dedi Yamal Kings League turniriga bag‘ishlangan translyasiya paytida.
Ispaniya — Primera. 10-tur
26 oktyabr 2025 yil, yakshanba. 20:15 (MSK)
«Real Madrid» — «Barselona»