Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

"Barselona" Ispaniya kubogi finali uchun ajratilgan chiptalarni qayta sotganlarni jiddiy jazolaydi

"Barselona" Ispaniya kubogi finali uchun ajratilgan chiptalarni qayta sotganlarni jiddiy jazolaydi

"Barselona" Ispaniya kubogi finali uchun chiptalarni qayta sotishni qoraladi.

Turnirning so‘nggi o‘yinida kataloniyaliklar 26 aprel kuni Sevilyadagi "La Kartuxa" stadionida "Real"ga qarshi maydonga tushishadi.

Oldinroq "Real" va "Barselona"ga stadion sig‘imining 40 foizi chiptalar bilan ta’minlanishi kerakligi xabar qilingandi. Bu har bir tomonda 26 031 nafar muxlis bo‘lishini anglatadi. Chiptalar narxi 72 dan 270 yevrogacha.

"Barselona" Ispaniya kubogi finali uchun muxlislar klubi a’zolariga berilgan chiptalarni qayta sotish holatlari aniqlanganini ma’lum qildi. Vaziyat va ushbu chiptalarni qayta sotish aniq taqiqlanganligini inobatga olgan holda, klub chiptalarning qonuniyligi va to‘g‘ri ishlatilishini ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishi shart.

Barcha qayta sotilgan chiptalar avtomatik ravishda bekor qilinadi va endi "La Kartuxa" stadioniga kirish uchun haqiqiy emas deb hisoblanadi. Klub barchaga eslatib o‘tadiki, chiptalar shaxsiylashtirilgan va ularni bir mobil qurilmadan boshqasiga o‘tkazib bo‘lmaydi. Final uchun chiptalarni sotish tizimi Ispaniya futbol federasiyasi tomonidan tartibga solinadi.

Talablarga javob bermaydigan har qanday chipta haqiqiy emas deb topiladi va stadionga kirishga ruxsat berilmaydi. Klub qoidabuzarlik aniqlangan har qanday shaxs yoki tashkilotga nisbatan intizomiy yoki qonuniy choralar ko‘rish huquqini o‘zida saqlab qoladi", — deyiladi "Barselona" bayonotida.

Kiritildi: 04:00 12.04.2025. O'qildi: 742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!