Bugun 22 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

"Barselona" hujumchisi yozda jamoadan ketishga qaror qildi

"Barselona" hujumchisi yozda jamoadan ketishga qaror qildi

Ansu Fati "Barselona"ni tark etishga tayyor.

Diario Sport'ning ta’kidlashicha, vinger 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga qaramay, klubda qolishni istamayapti. 22 yoshli futbolchi allaqachon agenti Jorje Mendeshga yangi klub topib berishini aytgan. Shu bilan birga, Fati ijaraga ketmoqchi emas - faqat doimiy transfer yoki shartnomani bekor qilish.

Ansuning atrofidagilar uning jismoniy holati yaxshi bo‘lishiga qaramay, nega bunchalik kam o‘ynashini tushunishmaydi. Ushbu mavsumda vinger La Ligada atigi 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va samarali harakat qilmadi.

Kiritildi: 10:12 15.04.2025. O'qildi: 902 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!