Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

"Barselona" Fransiya terma jamoasi a’zosi bilan shartnomani bekor qiladi

"Barselona" Fransiya terma jamoasi a’zosi bilan shartnomani bekor qiladi

Markaziy himoyachi Kleman Langlening "Barselona" bilan shartnomasi tez orada bekor qilinadi.

29 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni "Atletiko"da ijara asosida o‘tkazdi - "matraschilar" fransiyalik futbolchini sotib olishmadi, ammo uni o‘z saflarida saqlab qolishlari mumkin. Jurnalist Luis Roxoning yozishicha, Lengle "Barselona" bilan shartnomani bekor qilishga juda yaqin turibdi. Futbolchi erkin agentga aylanadi, shundan so‘ng hech qanday to‘siqlarsiz madridliklar safini doimiy ravishda to‘ldirishi mumkin bo‘ladi.

Kleman Langlening "Barselona"dagi hozirgi maoshi - bir mavsum uchun 16 mln yevro. Markaziy himoyachi bu summaning bir qismidan voz kechadi, ammo kataloniyaliklar kelishuv bekor qilinishidan oldin baribir unga tovon puli to‘lashi kerak bo‘ladi.

Kiritildi: 14:24 07.06.2025. O'qildi: 815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!