Bugun 11 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

“Barselona” Ferran Torres uchun kelgan ikkita taklifni rad etdi

“Barselona” Ferran Torres uchun kelgan ikkita taklifni rad etdi

“Barselona” klubi yozgi transfer oynasi vaqtida hujumchi Ferran Torresni jamoada olib qolishga qat’iy qaror qilgan. Kataloniyaliklar futbolchi uchun “Tottenhem” va “Nyukasl” klublaridan kelgan 50 million yevrolik ikkita taklifni rad etdi. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.

Ispaniya terma jamoasi a’zosi o‘tgan mavsumdagi samarali o‘yinlari orqali bosh murabbiy Hansi Flikning ishonchini qozondi va hozirda asosiy tarkibning ajralmas qismi sifatida ko‘rilmoqda. Klub prezidenti Joan Laporta va sport direktori Deku “asosiy tarkib o‘yinchilarini qo‘yib yubormaymiz”, degan qat’iy pozisiyani ushlab turibdi.

Ferran Torresning o‘zi ham “Barselona”da qolishni istamoqda va shartnomasini uzaytirishga tayyor ekanligini bildirgan. Klub hujumchini uzoq muddatli rejalarining muhim qismi sifatida ko‘rib, unga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Ferran Torres avvalroq “Manchester Siti” safida bir yarim mavsum to‘p surgan.

Torres o‘tgan mavsum “Barselona” safida jami 45 o‘yinda maydonga tushib, 19 gol va 7 golli uzatma muallifiga aylangan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yil yoziga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 23:28 09.08.2025. O'qildi: 379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!