"Barselona" sport direktori Deku "Real" o‘tgan yozda amalga oshirgan Kilian Mbappe transferi haqida gapirdi.
"Mbappe o‘yin uslubini o‘zgartirishi kerakligini bilaman va bu taktik muvozanatni buzishi mumkin. Uning ajoyib o‘yinchi ekanini bilardik, ammo u "Real"da muvozanatni buzdi. Biz o‘z ishimizga e’tibor qaratdik - kurashdik va yana kurashdik. Bu mavsumda istalgan daqiqada nimadir sodir bo‘lishi mumkinligini bilardik," - dedi Deku RAC1 nashriga bergan intervyusida.
Xabaringiz bor, "Barselona" mavsum yakunlanishiga 2 tur qolganida Ispaniya chempioniga aylandi. Shu bilan birga, kataloniyaliklar mavsumdagi to‘rtta klasikoda ham "Real"ni mag‘lub etishdi.