Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

«Barselona»dagi saylovoldi janjali: Font va Laporta o‘rtasidagi ayblovlar avj oldi

«Barselona»dagi saylovoldi janjali: Font va Laporta o‘rtasidagi ayblovlar avj oldi

«Barselona» prezidentligiga nomzod Viktor Font bo‘lajak saylovlardagi raqibi hamda «ko‘k-anorranglilar»ning sobiq prezidenti Joan Laportani keskin tanqid qildi. Avvalroq Laporta o‘ziga nisbatan pul yuvish ayblovi bilan berilgan ariza ortida Font turgan bo‘lishi mumkinligiga sha’ma qilgan edi.

«Laporta kun sayin Trampga o‘xshab bormoqda. U xayoliy dushmanlar izlayapti va odamlarni aldamoqda. Ular bizni janjalga tortmoqchi, mening obro‘yimga putur yetkazmoqchi, vaholanki men shunchaki «Barselona» muxlisiman», — deya Fontning so‘zlarini keltirmoqda AS nashri El Món a RAC1’ga tayanib.

«Barselona» prezidentligi uchun saylovlar joriy yilning 15 martida bo‘lib o‘tadi. Klubning yangi prezidenti 1 iyuldan o‘z vazifasini bajarishga kirishadi.

Kiritildi: 11:42 25.02.2026. O'qildi: 964 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik