"Barselona" rahbariyati Xans-Diter Flikning ishidan mamnun va hamkorlikni davom ettirishni istamoqda. 60 yoshli germaniyalik mutaxassis bilan shartnomani uzaytirish klubning yaqin kelajakdagi ustuvor vazifalaridan biridir, deya xabar bermoqda Diario SPORT.
Avvalroq taxmin qilinganidek, murabbiyga 2027/28 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma tuzish taklif qilinadi. Murabbiyning o‘zi muzokaralar olib borishga hali erta deb hisoblaydi. Katta ehtimol bilan, muhokamalar joriy mavsum oxirida bo‘lib o‘tadi.
Xans-Diter Flikning amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil o‘rtalarida tugaydi. U o‘z lavozimini 2024 yilning yozidan buyon egallab kelmoqda.