Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Barselona»da bunday natija Luis Enrike davridan beri kuzatilmagandi

«Barselona»da bunday natija Luis Enrike davridan beri kuzatilmagandi

«Osasuna» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Kataloniyaning «Barselona» klubi nafaqat chempionlikni deyarli naqd qildi, balki La Ligadagi g‘alabali seriyasini ketma-ket 10 ta o‘yinga yetkazdi.

Klub oxirgi marta Ispaniya chempionati doirasida 16 fevral kuni «Jirona»ga qarshi bahsda ochko yo‘qotgan edi — o‘shanda «Barselona» 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Shundan so‘ng boshlangan muvaffaqiyatli seriya shanba kuni o‘ninchi o‘yinga yetdi. «Barsa»da bunday omadli davr oxirgi marta 2016 yilning bahorida, jamoani Luis Enrike boshqargan kezlarda kuzatilgan edi. O‘shanda «Barselona» ketma-ket 12 ta o‘yinda g‘alaba qozongan va tabiiyki, chempionlikni qo‘lga kiritgandi.

Jamoa o‘zining navbatdagi uchrashuvini Madridning «Real» klubiga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: Bugun 13:39. O'qildi: 279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!