Kataloniyaning "Barselona" klubi hujum chizig‘ida 36 yoshli polshalik Robert Levandovski o‘rnini egallaydigan yangi markaziy hujumchi topish ustida ish olib bormoqda.
Sport.es portali xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyatiga ikki nafar hujumchi nomzodi taklif etilgan. Gap nigeriyalik Viktor Osimxen va serbiyalik Dushan Vlaxovich haqida ketmoqda. Birinchisiga "Napoli," ikkinchisiga esa Turinning "Yuventus" klubi egalik qiladi.
"Keksa sinyora" Vlaxovichni arzon narxda sotishga tayyor. Futbolchi jamoada asosiy figura maqomida emas va uning shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi. Osimxenga kelsak, u Neapolda 75 million yevroga baholanmoqda.