Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

"Barsa" hozirgacha YECHLda qancha ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

"Barsa" hozirgacha YECHLda qancha ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

Agar "Barcelona" UYEFA Chempionlar Ligasi yarim finaliga yo‘l olsa, klub qo‘shimcha 15 million yevro mukofot oladi. Bu mukofot UYEFAning 2024/25 yilgi turnir formatiga movofiq taqsimlanadi.

Hozrgi kungacha "Barcelona" Chempionlar Ligasi ishtirokidan jami 101,56 million yevro daromad oldi. Bu mablag‘lar quydagilardan iborat:

• Guruh bosqichidagi ishtirok uchun: 18,6 million yevro.

• 6 ta g‘alaba (har bir g‘alaba uchun 2,1 million yevrodan) va 1 ta durrang 700 ming yevro: Jami 13,3 million yevro.

• 1/8 finaliga chiqgani uchun: 11 millon yevro.

• Chorak finaliga chiqgani uchun: 12,5 million yevro.

• Homiylik va televideniye huquqlari uchun: 22,44 million yevro.

• UYEFAning 10 yillik tarixiy koeffisiyenti asosida: 11,41million yevro.

Agar "Barcelona" yarim finalga yo‘l olsa, ummumiy daromadi 116,6 million yevroga yetadi. Finalga chiqish 18,5 million yevro, g‘oliblik esa qo‘shimcha 6,5 million yevro mukofot olib keladi.

Bu moliyaviy daromadlar klubning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi, ayniqsa so‘nggi yillarda yuzaga kelgan moliyaviy muammolar fonida!

Kiritildi: 17:55 15.04.2025. O'qildi: 1014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!