Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Barsa»da Robert Levandovski o‘rniga asosiy da’vogar ma’lum

«Barsa»da Robert Levandovski o‘rniga asosiy da’vogar ma’lum

Robert Levandovski bu yil "Barselona"ni tark etishi mumkin. Kataloniya klubi polshalik bilan shartnomani uzaytiradimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas. Levandovskining amaldagi mehnat shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.

Transfer News Live nashrining jurnalist Alfredo Martinesga tayanib xabar berishicha, Robert Levandovskining o‘rniga "Atletiko"dan Xulian Alvares asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Matbuot anchadan beri Alvaresni "Barselona" bilan bog‘lab keladi.

Avgust oyida Levandovski 38 yoshga to‘ladi. Alvares esa yanvar oyi oxirida 26 yoshini nishonlaydi. Nufuzli Transfermarkt portali argentinalikni 100 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 23:57 10.01.2026. O'qildi: 571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!