Fransiyaning o‘ng qanot “Milliy miting” partiyasi yetakchisi Jordan Bardella prezident etib saylansa, Yelisey saroyi va Matinyon saroyidan Yevropa Ittifoqi bayrog‘ini olib tashlashga va’da berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu davlat binolari oldida faqat Fransiya bayrog‘i qoldiriladi, chunki u milliy ramz hisoblanadi.
Bardella, shu bilan birga, prezident bo‘lgan taqdirda birinchi xorijiy tashrifi Yevropa Ittifoqi markazi joylashgan Bryussel shahriga bo‘lishini ma’lum qildi.