Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Banklar tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasiga badallar to‘lash tartibi belgilandi

Banklar tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasiga badallar to‘lash tartibi belgilandi

"Banklar tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasiga badallar to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3663-son, 11.08.2025 y.).

🔰 Nizom banklar, shu jumladan mikromoliya banklari va oraliq banklar tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasiga badallar to‘lash tartibini belgilaydi.

💰 Badallar O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida yaxlitlangan holda to‘lanadi.

📃 Bankning bir yo‘la to‘lanadigan badali miqdori "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunining 13-moddasida belgilangan bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foizini tashkil etadi.

📆 Kalendar badal deganda bank tomonidan Jamg‘armaga har chorakda to‘lanadigan pul mablag‘lari tushuniladi.

🗓 Bank hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay kalendar badalni to‘lashi lozim.

✅ Bank tomonidan kalendar badalning to‘lanmagan summasiga har bir muddati o‘tgan kun uchun Markaziy bank asosiy stavkasining 2 baravari miqdorida penya hisoblanadi.

Kiritildi: 18:27 12.08.2025. O'qildi: 510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!