Bank kartalari o‘rtasidagi pul o‘tkazmalarini 30 kundan oshmagan muddat davomida quyidagi miqdorlarda amalga oshirilishi ularni shubhali operasiyalar deb tavsiflanishiga sabab bo‘ladi:
▪️ mijozning bank kartasidan bank mobil ilovasi orqali bir vaqtda yoki ko‘p marotaba bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng (bugungi kunda 206 mln so‘m) yoki undan oshadigan umumiy summada pul mablag‘larini bir yoki bir nechta bank kartalariga (elektron hamyonlarga) o‘tkazilishi;
▪️ mijozning bank kartasiga bir vaqtda yoki ko‘p marotaba bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravariga teng (bugungi kunda 412 mln so‘m) yoki undan oshadigan umumiy summada pul mablag‘larini bir yoki bir nechta bank kartalaridan yoxud elektron hamyonlardan kelib tushishi.
Ichki nazorat qoidalari (https://lex.uz/docs/3212190#6424685)