III Osiyo yoshlar o‘yinlarida velosport bo‘yicha bellashuvlar qizg‘in tus olmoqda. Shuningdek, musobaqalarning shosse yo‘nalishida quvonchli yangilik qayd etildi.
Qizlar o‘rtasida 75 kilometr masofada o‘tkazilgan guruh poygasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Gulhayo Sattorova 1 soat 59 daqiqa 26 soniya natija bilan barcha raqiblarini ortda qoldirdi va marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi.
Shu tariqa, sportchimiz mamlakatimiz delegasiyasi uchun oltin medalni hadya etdi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva g‘olibga qo‘ng‘iroq qilib, uni oltin medal bilan tabrikladi.