Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Bahodir Jalolov va Otabek Xolmatov jang o‘tkazadigan turnirning to‘liq kardi tasdiqlandi

Bahodir Jalolov va Otabek Xolmatov jang o‘tkazadigan turnirning to‘liq kardi tasdiqlandi

Xabaringiz bor, 5 aprel kuni Qozog‘istonning Astana shahrida Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan prof boks oqshomi tashkil etiladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida ikki bokschimiz - superog‘ir vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustamiz Bahodir Jalolov (O‘zbekiston, 14-0, 14 KO) hamda yarimengil vazndagi Otabek Xolmatov (12-1, 11 KO) ham o‘zlarining navbatdagi reytingi janglarini o‘tkazishadi. Jalolov ukrainalik Igor Shevadzuskiy (12-2, 10 KO)ga, Xolmatov esa filippinlik Jeyson Kano Manigos (30-12-2, 20 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi.

Tashkilotchilar ushbu turnirning to‘liq kardini rasman tasdiqlashdi. "Baris Arena"da o‘tadigan oqshomning asosiy jangi o‘rta vazn toifasida WBO va IBF yo‘nalishlari chempioni, qozog‘istonlik Janibek Alimxanuli (16-0, 11 KO) hamda fransiyalik Anauel Ngamissenge (14-0, 9 KO) o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Har ikki bokschi ham hali prof faoliyatlarida mag‘lubiyat va durang qayd etishmagan.

Astanadagi turnirning to‘liq kardi:

Asosiy jang, o‘rta vaznda WBO va IBF kamari uchun 12 raundlik jang

Janibek Alimxanuli (Qozog‘iston, 16-0, 11 KO) — Anauel Ngamissenge (Fransiya, 14-0, 9 KO)

So-main event jangi, birinchi yengil vaznda IBF Intercontinental kamari uchun 10 raundlik jang

Sultan Zaurbek (Qozog‘iston, 19-0, 13 KO) — Azinga Fuzile (JAR, 18-2, 12 KO)

Superog‘ir vaznda 10 raundlik jang: Bahodir Jalolov (O‘zbekiston, 14-0, 14 KO) — Igor Shevadzuskiy (Ukraina, 12-2, 10 KO)

Birinchi yarimo‘rta vaznda 10 raundlik jang: Batir Jukembayev (Qozog‘iston, 23-1, 17 KO) — Keyn Gardner (Buyuk Britaniya, 17-4, 7 KO)

Ikkinchi eng yengil vaznda 6 raundlik jang: Mahmud Sabirxan (Qozog‘iston, debyut) — Nikolas Tordesilya (Kolumbiya, 2-0, 2 KO)

Ayollar o‘ta yengil vaznda 8 raundlik (2 daqiqadan) jang: Balausa Muzdiman (Qozog‘iston, 6-0, 5 KO) — Mariya Tereza Pinili (Filippin, 7-1, 2 KO)

Yarimengil vaznda 8 raundlik jang: Otabek Xolmatov (O‘zbekiston, 12-1, 11 KO) — Jeyson Kano Manigos (Filippin, 30-12-2, 20 KO)

Yarimo‘rta vaznda 6 raundik jang: Torexan Sabirxan (Qozog‘iston, debyut) — Yirji Xauke (Chexiya, 4-6, 2 KO)

Yarimo‘rta vaznda 4 raundlik jang: Akniyet Alimbay (Qozog‘iston, 2-0, 1 KO) — Yozef Dubski (Chexiya, 1-0, 1 KO)

Birinchi o‘rta vaznda 4 raundlik jang: Alisher Abdualim (Qozog‘iston, 3-0, 2 KO) — Ashish Chaudxari (Hindiston, 3-0, 0 KO)

Bahodir Jalolov va Otabek Xolmatov jang o‘tkazadigan turnirning to‘liq kardi tasdiqlandi

Kiritildi: 11:40 01.04.2025. O'qildi: 845 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!