Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida tashkil etilgan professional boks oqshomida ikki karra Olimpiada chempioni, jahon chempioni, professional boksda ham mag‘lubiyatsiz odimini davom ettirayotgan, og‘ir vazn toifasidagi yurtdoshimiz Bahodir Jalolov britaniyalik Solomon Dakresga qarshi navbatdagi jangini o‘tkazdi.
10 raund qilib belgilangan ushbu to‘qnashuv to‘liq davom etdi va yakunda Bahodir hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra zafar quchib, g‘alabali seriyasini davom ettirdi.
Shu tariqa Jalolovning rekordi 18-0 ko‘rinish oldi. G‘alabalarining 15 tasi esa nokaut bilan qo‘lga kiritilgan.