Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

“Bag‘dod tumangaz” bo‘limi bosh muhandisi pora bilan qo‘lga olindi

“Bag‘dod tumangaz” bo‘limi bosh muhandisi pora bilan qo‘lga olindi

“Bag‘dod tumangaz” bo‘limi bosh muhandisi R.Q. mansab vakolatini suiiste’mol qilib, tumandagi YATT “A.A.”dan 2023 yil va joriy yilning o‘tgan davri davomida foydalanilgan tabiiy gaz uchun to‘langan 29,8 mln. so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u yana 2,2 mln. so‘mni olgan vaqtda qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan “Bag‘dod tumangaz” bo‘limi bosh muhandisi R.Q. ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan.

Hurmatli ta’minot korxonalari xodimlari!

Ish faoliyatingiz davomida tamagirlik holatlariga yoki boshqa turdagi korrupsion jinoyatlarga qo‘l urmang.

Shuni unutmangki, xar qanday korrupsion holatlar fosh etiladi va jazo muqarrarligi ta’minlanadi.

Kiritildi: 13:23 11.07.2024. O'qildi: 1081 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!